2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
  • 27.07.2026
  • 13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Sherzod Xikmatullayevich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq Sh.Xodjaev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi;

Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.


Axadxon Ikromjonovich Isoqjonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Dadajon Aynaqulovich Isaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

 

Manba: https://t.me/Press_Secretary_Uz/7659

https://t.me/Press_Secretary_Uz/7660

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati