2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Tenderlar
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energetikasi sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” loyihasi (ESTART)
  • 27.07.2026
  • 5

Qiziqish bildirish so‘rovi

(Individual konsultant tanlovi)

O‘zbekiston Respublikasi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

“Elektr energetikasi sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” loyihasi (ESTART)

Moliyaviy manba: IDA-69430

Topshiriq nomi: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Transformatsiya dasturi uchun xarid hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha individual consultant yollash

Lot raqami: ESTART/ICS/2026-1

Tanlov usuli: Individual konsultantlarni tanlash — ochiq xalqaro tanlov

Qiziqish bildirishning oxirgi muddati: 2026-yil 10-avgust, soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Jahon bankining moliyaviy mablag‘lari hisobidan “Elektr energetikasi sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” loyihasini (ESTART) amalga oshirmoqda.

Loyihaning 4-komponenti (Elektr energiyasi bozorini rivojlantirish) doirasida sektorning ulgurji elektr energiyasi bozoriga o‘tishini ishlab chiqish va amalga oshirishda texnik ko‘mak beriladi. Elektroenergetika sektori islohotini amalga oshirish rejasiga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (O‘zMET, “Buyurtmachi”) institutsional salohiyatni mustahkamlash, operatsion samaradorlikni oshirish va Kompaniyaning operatsion modelini yangi bozor sharoitlariga moslashtirish maqsadida kompleks transformatsiya dasturini amalga oshirishni ko‘zda tutgan.

Konsultatsiya xizmatlari (“Xizmatlar”) Kompaniyaning transformatsiya dasturini amalga oshirish uchun xalqaro konsultatsiya firmasini tanlov asosida tanlash uchun zarur bo‘lgan xarid hujjatlarining to‘liq to‘plaimini tayyorlashdan iborat. Individual konsultant, xususan:

• mavjud transformatsiya konsepsiyalarini, strategik hujjatlarni, tashkiliy va moliyaviy boshqaruvga oid materiallarni tahlil qiladi va axborotdagi bo‘shliqlarni aniqlaydi;

• biznes-ehtiyojlar va transformatsiya ustuvorliklarini aniqlash uchun Kompaniya rahbariyati va tegishli bo‘linmalar rahbarlari bilan maslahatlashuvlar va suhbatlar o‘tkazadi;

• to‘liq xarid paketini tayyorlaydi, jumladan loyiha tavsifi, konsultatsiya firmasi uchun texnik topshiriq va Transformatsiya ofisi, moliyaviy direktor funksiyasini takomillashtirish, moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish, boshqaruv hisobi, moliyaviy hisobot, xarajatlarni optimallashtirish, maqsadli operatsion model, tashkiliy tuzilma, KPI va samaradorlikni boshqarish, biznes-tahlil va boshqaruv panellari, o‘zgarishlarni boshqarish hamda loyihani boshqarishni qamrab oluvchi batafsil xizmatlar hajmi;

• Jahon bankining IPF qarz oluvchilari uchun Xaridlar qoidalariga muvofiq konsultatsiya firmalariga qo‘yiladigan malaka talablarini, asosiy ekspertlarga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek bo‘lajak takliflar so‘rovi (RFP) uchun texnik baholash mezonlarini, ball berish yondashuvini, vazn koeffitsiyentlarini va minimal texnik talablarni ishlab chiqadi.

Topshiriq davomiyligi: shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab ikki yarim (2,5) oy.

Bajarilish joyi: Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek Buyurtmachi bilan kelishilgan holda masofadan. Kompaniya vakillari bilan muhim uchrashuvlar va muhokamalar uchun Toshkentda jismoniy ishtirok etish talab qilinishi mumkin.

Shartnoma turi: belgilangan summali (Lump-sum) individual konsultant shartnomasi, qabul qilingan natijalar bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi.

Ushbu topshiriq bo‘yicha batafsil texnik topshiriq (TT) quyidagi havola orqali mavjud:

https://cloud.uzbekistonmet.uz/index.php/s/KDyQfJwLnLW4ogW

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ talablarga javob beradigan individual konsultantlarni “Konsultantlar”) Xizmatlarni ko‘rsatishga o‘z qiziqishlarini bildirishga taklif qiladi. Qiziqqan Konsultantlar Xizmatlarni bajarish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim.

Minimal malaka talablari

Qiziqish bildirishlar quyidagi minimal talablarga muvofiqligi bo‘yicha baholanadi:

• iqtisodiyot, moliya, biznes-boshqaruv, muhandislik, energetika, davlat boshqaruvi, menejment yoki shunga yaqin sohada oliy ma’lumot. Loyihalarni boshqarish, korporativ transformatsiya, moliyaviy boshqaruv, tashkiliy rivojlantirish yoki konsultatsiya xizmatlarini xarid qilish sohasidagi qo‘shimcha malaka afzallik sifatida qaraladi;

• konsalting, loyihalarni boshqarish, institutsional islohotlar yoki shunga yaqin sohalarda kamida o‘n besh (15) yillik kasbiy tajriba;

•  konsultatsiya topshiriqlari uchun texnik topshiriqlar va texnik xarid hujjatlarini tayyorlashdagi tasdiqlangan tajriba;

• xalqaro moliya institutlari, tarjihan Jahon banki bilan ishlash tajribasi;

• energetika sektorida, tarjihan elektr energiyasini uzatish kompaniyalari bilan bog‘liq transformatsiya, tashkiliy takomillashtirish, operatsion modelni ishlab chiqish yoki moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tajribasi;

• davlat muassasalari, davlat korxonalari yoki yirik infratuzilma kompaniyalari bilan ishlash tajribasi. Energetika sektoridagi, xususan elektr energiyasini uzatish, kommunal xizmatlar yoki elektr energiyasi bozori islohotlari sohasidagi tajriba afzallik sifatida qaraladi;

•  ingliz va rus tillarini erkin bilish. O‘zbek tilini bilish afzallik sifatida qaraladi.

Baholash mezonlari

Konsultantlar quyidagi mezonlar va maksimal ballar asosida baholanadi va reytingga qo‘yiladi:

Mezonlar

Taqdim etiladigan tasdiqlovchi hujjatlar

Maks. ball

Konsultantning umumiy kasbiy tajribasi

Umumiy kasbiy ish stajini, oy/yil formatidagi mehnat faoliyati tarixini, egallagan lavozimlarini va bajarilgan ishning tavsifini ko‘rsatgan rezyume (CV). Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom(lar) va har qanday qo‘shimcha kasbiy sertifikatlarning nusxalari.

20

Energetika kompaniyalarini qayta tashkil etish/transformatsiya qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari uchun texnik topshiriqlar, texnik spetsifikatsiyalar va xarid hujjatlarini tayyorlash tajribasi

Har bir tegishli topshiriq bo‘yicha rezyumedagi yozuvlar: buyurtmachi, topshiriq nomi, muddatlar, Konsultantning shaxsiy lavozimi va Konsultant shaxsan tayyorlagan aniq hujjatlar tavsifi (texnik topshiriq, xizmatlar hajmi, baholash mezonlari, takliflar so‘rovining texnik bo‘limlari). Mavjud bo‘lganda — hujjatlar xarid jarayonida foydalanilganligi to‘g‘risida buyurtmachining tasdig‘i.

20

Xalqaro moliya institutlari, jumladan Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalardagi ish tajribasi

Rezyumedagi yozuvlar: har bir topshiriq bo‘yicha moliyalashtiruvchi institut (Jahon banki, OsiyoTB, YeTTB, OITB, ITB yoki shunga o‘xshash) va, qo‘llanilsa, loyiha nomi hamda qo‘llanilgan xarid qoidalari.

15

Tashkiliy transformatsiya, operatsion modelni ishlab chiqish va institutsional takomillashtirish loyihalaridagi tajriba

Har bir tegishli topshiriq bo‘yicha rezyumedagi yozuvlar: buyurtmachi, tarmoq, topshiriq maqsadi, Konsultantning shaxsiy roli va qamrab olingan transformatsiya yo‘nalishlari (maqsadli operatsion model, tashkiliy tuzilma, moliyaviy direktor funksiyasi, moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish, boshqaruv hisobi, KPI va samaradorlikni boshqarish, o‘zgarishlarni boshqarish va h.k.).

30

Energetika sektori, kommunal yoki infratuzilma kompaniyalaridagi tajriba

Rezyumedagi yozuvlar: elektr energiyasini uzatish yoki taqsimlash kompaniyalari, boshqa kommunal korxonalar, davlat korxonalari yoki yirik infratuzilma tashkilotlari uchun bajarilgan topshiriqlar, buyurtmachining tarmog‘i va Konsultantning roli ko‘rsatilgan holda.

10

Til bilish darajasi va kommunikativ ko‘nikmalar

Rezyumede ingliz, rus va o‘zbek tillarini bilish darajasining mustaqil ravishda e’lon qilingan ko‘rsatkichi, mavjud bo‘lganda sertifikatlar yoki tegishli tilda bajarilgan topshiriqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tasdiqlangan.

5

Jami

 

100

Konsultant o‘z rezyumesini imzolab va sanasini qo‘yib, taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlaydi. Buyurtmachi taqdim etilgan har qanday ma’lumotni tekshirish, jumladan ko‘rsatilgan tavsiyanoma beruvchilar yoki buyurtmachilarga murojaat qilish, shuningdek shartnoma tuzilgunga qadar birinchi o‘rinni egallagan Konsultantdan tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar ma’lumot jiddiy darajada noto‘g‘ri deb topilsa yoki tasdiqlanmasa, Buyurtmachi berilgan ballni kamaytirishi yoki qiziqish bildirishni rad etishi mumkin. Malaka yoki tajriba to‘g‘risidagi ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish Jahon bankining Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq firibgarlik amaliyoti hisoblanadi.

Eng yuqori umumiy ball to‘plagan Konsultant muzokaralarga taklif qilinadi. Faqat Konsultantning o‘zining malakasi va tajribasi baholanadi; Konsultant bog‘liq bo‘lgan yoki bo‘lgan har qanday ish beruvchi yoki firmaning tajribasi hisobga olinmaydi.

Qiziqqan Konsultantlarning e’tibori Jahon bankining 2025-yil sentabr oyidagi “IPF qarz oluvchilari uchun Xaridlar qoidalari” (“Xaridlar qoidalari”) III bo‘limining 3.14, 3.16 va 3.17-bandlariga qaratiladi, ular Jahon bankining manfaatlar to‘qnashuviga oid siyosatini belgilaydi. Shu munosabat bilan ushbu topshiriq bo‘yicha tanlangan Konsultant o‘zi texnik xarid hujjatlarini tayyorlagan transformatsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha keyingi topshiriqda jismoniy shaxs sifatida yoki har qanday konsultatsiya firmasi yoxud konsorsium tarkibida, bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Konsultant Xaridlar qoidalarida belgilangan individual konsultantlarni tanlash usuliga muvofiq tanlanadi.

Qiziqqan Konsultantlar quyida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan), dam olish va bayram kunlaridan tashqari, qo‘shimcha ma’lumot olishlari mumkin.

Qiziqish bildirishlar quyida ko‘rsatilgan manzilga elektron pochta orqali 2026-yil 10-avgust soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) quyidagi shartlarga rioya qilgan holda yuborilishi lozim:

• materiallar PDF formatida taqdim etiladi;

• elektron xatning umumiy hajmi, barcha ilovalar bilan birga, 20 MB dan oshmasligi lozim. Agar materiallar hajmi ko‘rsatilgan hajmdan oshsa, ular bir nechta xat orqali yuborilishi mumkin, ularning har biri aniq ravishda “1/2”, “2/2” va h.k. deb belgilanishi lozim;

• xat mavzusida topshiriq nomi va ma’lumotnoma raqami ko‘rsatilishi lozim;

• Konsultant topshirilganligini tasdiqlash uchun yetkazilganlik/o‘qilganlik to‘g‘risidagi elektron xabarnomani saqlab qolishi lozim.

Belgilangan muddatdan keyin olingan qiziqish bildirishlar ko‘rib chiqilmaydi.

 

Telefon: +99871 236 66 28

Elektron pochta: pmu.modernization@gmail.com

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati