
Eʼlon
Yangiyo‘l tumanida Energetika vazirining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi
Bugun, 30-iyul kuni Yangiyo‘l tumanida Energetika vaziri Sherzod Xodjayev va tuman hokimi San’atbek Jumaniyazov ishtirokida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiynayotgan elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglanadi hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli yechimlar qilinadi.
⇒Manzil: Gulbahor bozori binosi
► Boshlanish vaqti: soat 14:00
Tumandagi barcha tadbirkorlarni uchrashuvda ishtirok etishga taklif etamiz.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/20629
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati