

Yunusobod tumanida joylashgan 35/10/10 kV kuchlanishli “Shayxontuhur” podstansiyasida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari izchil olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida: 35 kV 1-seksiya shin qurilmalarining eskirgan uskunalari demontaj qilinib, o‘rniga zamonaviy va ishonchli yangi qurilmalar o‘rnatilmoqda; 10 kV yopiq taqsimlash qurilmasida (ZRU) rele himoyasi jamlanmalarini yig‘ish va o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI