2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: 110 kV kuchlanishli liniyaning favqulodda o‘chish sababi aniqlandi
  • 05.08.2026
  • 20

Bugun soat 15:17 da Toshkent shahridagi “Keles” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Navoiy-2 elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.

Natijada Toshkent tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 15:49 da L-Navoiy-1 elektr tarmog‘i orqali taʼminlangan “Sag‘bon”, “Vistovachnaya” hamda “Bibliotechnaya” podstansiyalaridagi isteʼmolchilar elektr taʼminoti boshqa manbaga o‘tkazildi.

Natijada qisqa muddat
maʼlum sababga ko‘ra ko‘ra kuchlanishsiz qolgan poytaxtning Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminoti tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati