2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Sariosiyo va Uzun tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi — Surxondaryo viloyati hokimligi
  • 06.08.2026
  • 12

Sariosiyo tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini barqaror va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida muhim elektr energetikasi infratuzilma loyihasi amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ–438-son qaroriga muvofiq, Sariosiyo tumanining “Lutfkor” mahallasi hududida 110 kV kuchlanishli, umumiy uzunligi 6,2 kilometr bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari hamda har biri 25 MVA quvvatga ega ikkita kuch transformatori bilan jihozlangan 110/35/10 kVli “Yangi O‘zbekiston” podstansiyasi qurilishi yakunlandi.

Hozirda yangi podstansiyani 110 kVli L–GU–1 va L–GU–2 elektr uzatish liniyalariga ulash hamda ishga tushirish bo‘yicha rejali texnik ishlar olib boriladi.

Shu munosabat bilan 2026-yil 8–9-avgust kunlari Sariosiyo va Uzun tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Mazkur ishlar yakunlangach, “Yangi O‘zbekiston” massivining, shuningdek, tumandagi aholi va ijtimoiy soha obyektlarining elektr ta’minoti ishonchliligi hamda sifati yanada oshadi.

Hudud aholisi va iste’molchilardan rejali texnik ishlar tufayli yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.

Manba: https://t.me/axborot_xizmati/58686

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati