

"Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi Termiz shahrida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Chegara" podstansiyasida elektr energiyasiga bo‘lgan iste’molning ortib borayotganini inobatga olgan holda quvvatni oshirish bo‘yicha muhim texnik tadbir amalga oshirildi.
Mutaxassislar tomonidan 4 000 kVA quvvatli kuch transformatori demontaj qilinib, uning o‘rniga 16 000 kVA quvvatga ega zamonaviy kuch transformatori o‘rnatildi. Barcha montaj, sozlash va sinov ishlari belgilangan texnik me’yorlar asosida muvaffaqiyatli yakunlandi.
Transformator o‘rnatilib, kuchlanish berildi
Mazkur loyiha hududdagi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan yanada barqaror, ishonchli va sifatli ta’minlash, mavjud yuklamalarni kamaytirish hamda kelgusidagi elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qoplashga xizmat qiladi.