2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: 35/6 kV kuchlanishli “MVZ” podstansiyasida amaliy ishlar davom etmoqda
  • 11.08.2026
  • 13

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Termiz shahridagi 35/6 kV kuchlanishli “MVZ” podstansiyasida T-1 tarafdagi 1800 kVA quvvatli kuch transformatorini 4000 kVA quvvatli transformatorga almashtirish ishlari davom etmoqda.

Mazkur ishlar elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI