2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Yangiyo‘l tumani energiya barqarorligini ta’minlash bo‘yicha namunali hududga aylantirilmoqda
  • 13.08.2026
  • 22

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minotidagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, tarmoqlar barqarorligini oshirish va energiya resurslaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

51 ta mahallaning har birida iste’molchilarning ehtiyoji va mavjud muammolar o‘rganilib, elektr ta’minotini yaxshilash, tarmoqlar va transformator punktlarini ta’mirlash, hisoblagichlar faoliyatini tiklash hamda energiya yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Shu orqali Yangiyo‘l tumanida energiya ta’minotini tizimli tashkil etish va bu boradagi samarali yondashuvlarni namunali hudud darajasiga olib chiqish maqsad qilingan.

Reportajni ko‘rish https://youtu.be/c0LxLXUlqjI?utm_source=chatgpt.com