
“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining tasarrufidagi elektr tarmoqlari va podstansiyalarida elektr jihozlarining texnik holatini barqaror saqlash, ishonchliligini oshirish maqsadida profilaktika va joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Jumladan, 35/10 kV kuchlanishli “Sayxun” podstansiyasidagi T-2 transformatorining 10 kV kuchlanishli kiritkichi (Ввод-10 кВ Т-2) da profilaktika ishlari bajarildi.
Bundan tashqari, 110/10 kV kuchlanishli “Oqoltin” podstansiyasining 10 kV kuchlanishli “Oqoltin” va “Dehqonobod” fiderlarida ham profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek, 110/35/6 kV kuchlanishli “Nurchi” podstansiyasining T-2 transformatori hamda 2-seksiya 6 kV kuchlanishli shinalar tizimida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling! https://t.me/SirdaryoMET_Axborot