
Dispetcherlik xizmatlarining xabar berishicha, yagona energetika tizimida bir necha pog‘onali avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida Respublikamizning ayrim hududlarida favqulodda o‘chishlar kuzatildi.
Ayni paytda mutaxassislar sodir bo‘lgan nosozlik sabablarini aniqlab, uning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib borishmoqda.
Tarmoqlarga navbatma-navbat kuchlanish berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.