

“Namangan MET” filiali Havo tarmoqlari xizmati mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli L-40-K2 havo tarmog‘ida rejadagi joriy ta’mirlash va profilaktika ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Olib borilgan amaliy tadbirlar davomida havo tarmog‘i texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan nuqson va kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etildi. Shuningdek, yaroqsiz holatga kelib qolgan izolyatorlar yangisiga almashtirilib, magistral elektr tarmoqlarining ishonchli, barqaror va xavfsiz ishlashi to‘liq ta’minlandi.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!