2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Qisqacha ma'lumot — Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi podstansiyalar soni
  • 18.08.2026
  • 14

Bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining magistral elektr tarmoqlari filiallari tasarrufida jami 1 679 ta podstansiya mavjud.

Shundan:
▪️500 kV kuchlanishli podstansiyalar soni — 11 ta;
▪️220  kV kuchlanishli podstatsiyalar soni — 80  ta:
▪️110 kV kuchlanishli podstatsiyalar soni — 667 ta:
▪️35 kV kuchlanishli podstansiyalar soni — 921 ta.

Mazkur energetika obyektlari generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr quvvatini taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish hamda elektr energiyasi davlatlararo tranzit amaliyotini bajarishda muhim ahamiyatga ega.

Aksiyadorlik jamiyati tasarrufida 2020-yilda jami 77  ta podstansiya; 2021-yilda 85 ta podstansiya (Vazirlar Mahkamasining 455-son farmoyishiga asosan 6 ta podstansiya qabul qilingan); 2025-yilda jami 91  ta podstansiya; 2026-yilda esa 1679  ta podstansiya (Vazirlar Mahkamasining 844-son qaroriga asosan “HET” AJdan 1584 ta podstansiya qabul qilingan) mavjud.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati