

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi, Yashnobod tumanida joylashgan 110/10/6 kV kuchlanishli “Podyomnik” podstansiyasida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
1978-yilda foydalanishga topshirilgan podstansiyada mavjud 2×25 MVA quvvatli transformatorlar yangi transformatorlarga almashtirilmoqda. Shuningdek, podstansiyadagi elektr qurilmalari ham zamonaviy talablarga muvofiq yangilanmoqda.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 598-son qarori asosida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
Loyihada bosh pudratchi — “O‘zbekenergota’mir” AJ.
Modernizatsiya ishlari yakunlangach, 2 300 nafardan ortiq aholi va ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanib, elektr qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashi ta’minlanadi.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI