2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Diqqat, e’lon! “ENG YAXSHI KORPORATIV LOGOTIP” tanlovi takror o‘tkaziladi!
  • 19.08.2026
  • 42

Yodingizda bo‘lsa, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy logotipini ishlab chiqish bo‘yicha “ENG YAXSHI KORPORATIV LOGOTIP” tanlov o‘tkazish tartibi va shartlari e’lon qilingan edi. Tanlovda 30 dan ziyod ijodkorlar ishtirok etdi va o‘zlarining ijodiy ish mahsulini ko‘rsatilgan elektron manzilga jo‘natishgandi.

Ammo, ming afsuski, ...

Aksariyat ishtirokchilar tanlov shartlarini to‘liq bajarmagan, ya’ni tanlov ishtirokchisi g‘olib bo‘lgan taqdirda u bilan bog‘lanish (to‘liq ma’lumotlar) mumkin bo‘lgan va shartnoma imzolashda zarur bo‘ladigan qo‘shimcha ma’lumotlari taqdim etmagan, shuningdek, taklif etilayotgan logitipning qog‘oz, metall buyum yoki kiyim-boshda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini anglatuvchi tasvir shartlarini to‘liq bajarishmagan;

Aksariyat ishtirokchilar yangi logitipni sun’iy intellekt dasturlari yordamida (barchasi tahlil etildi) yaratib, jodiy yondashuvdan yiroq bo‘lgan namunalarni yuborgan, ya’ni logotipdagi har bir element nimani aglatishiga izoh berib, taklif ijodiy ish mahsuli ekanini tushuntirmagan.

Shu bois, Tanlov komissiyasining g‘olibni aniqlash bo‘yicha qarori belgilangan muddatidan kechroq e’lon qilinmoqda va tanlov g‘olibi aniqlanmagani bois, u birmuncha takomillashgan tartibda takror o‘tkaziladi.

Yuqoridagilar inobatga olib, Tanlov qayta o‘tkaziladi va masʼullar tomonidan qayta ishlangan tanlov shartlari qayta eʼlon qilinadi. Bu haqda batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Tanlov komissiyasining yakuniy qaroriga asosan eng yuqori ball to‘plagan va g‘olib deb topilgan loyiha muallifi (yoki ijodiy jamoasi) 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilangan.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/53861

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati