2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: “Sardor” podstansiyasida joriy ta’mirlash va sinov ishlari olib borildi
  • 20.08.2026
  • 10

Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan elektr tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud elektr qurilmalarining texnik holatini yaxshilash maqsadida navbatdagi ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Xususan, 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasining 220 kV “L-40-C-2” yacheykasi elegaz o‘chirgichi hamda tok transformatorida joriy ta’mirlash va sinov ishlari olib borildi.

Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ularning ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur texnik tadbirlar bajarildi.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!