2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QASHQADARYO VILOYATI: Tezkor xodimlari uchun texnik o‘quv mashg‘ulotlari o'tkazildi
  • 24.08.2026
  • 50

"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali bosh muhandisi rahbarligida podstansiyalar tezkor xodimlari uchun texnik o‘qish tashkil etildi.

O‘qish davomida quyidagi masalalar bo'yicha bilim va ko'nikmalar mustahkamlandi:

♦ Elektr montyorning lavozim yo‘riqnomasi;
♦ Oxirgi baxtsiz hodisalar va ularni oldini olish;
♦ Tezkor xodimlarni navbatchilikni qabul qilish va topshirish tartibi.

Bunday tadbirlar tezkor xodimlarning malaka darajasini oshirish, ish jarayonida operativlik va aniqlikni ta'minlash maqsadida muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.

 

«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
 AXBOROT XIZMAT