2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Elektr qurilmalarining texnik holati nazorat qilinmoqda
  • 26.08.2026
  • 25

✅ "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Chilonzor tumanidagi “Plastmass” hamda “Chilonzor” podstansiyalarida elektr qurilmalarining texnik holati teplovizor nazorati orqali tekshirildi.

Tekshiruv davomida elektr qurilmalarining qizish holati, kontakt birikmalari va boshqa muhim elementlarning texnik ko‘rsatkichlari nazoratdan o‘tkazildi.

Bunday nazorat ishlari elektr qurilmalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni erta aniqlash, avariyaviy holatlarning oldini olish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

⚡️ Ishonchli elektr ta’minoti — doimiy nazorat va sifatli texnik xizmatdan boshlanadi!

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI