
Ayni daqiqalarda «O‘zbekiston miliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Bayram tadbiri debochasida davlat madhiyasi kuylandi.
Tadbirni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.A.Nazirov ochib berib, Istiqlol shodyonalarining 35 yilligi bilan barcha hamkasblarimizni qutladi. Energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida kecha-yu kunduz xalq xizmatidagi mutaxassislarning mehnat faoliyatini alohida eʼtirof etib, Aksiyadorlik jamiyati nomidan eng ulug‘, eng aziz bayram bilan barcha yurtdoshlarimizni bilan tabrikladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati