2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Ulug‘norda yangi podstansiya ishga tushirildi — Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
  • 27.08.2026
  • 11

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi oldidan Ulug‘nor tumanida elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, aholi va isteʼmolchilarga uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirildi.

Xususan, tumanda “Kelajak” 110/35/10 kV yangi podstansiyasi sinov tariqasida ishga tushirildi.

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi tuman elektr taʼminoti tizimining ishonchliligini yana-da oshirish, mavjud quvvatlarni kengaytirish hamda isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur inshoot aholi va ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini sifatli taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Manba: https://t.me/andpress/63044