2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatining barcha energetika obyektlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi
  • 28.08.2026
  • 18

Aksiyadorlik jamiyatining barcha energetika obyektlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida

Aksiyadorlik jamiyatining jami 221 ta bino-inshootlari hududida obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari doirasida 2188 tup gul va rayhon ko‘chatlari ekildi, 2 732 tup daraxtlarga shakl berilib, osti qismi oqlandi.

Shuningdek, 344 ta devor, panjara va darvozalar bo‘yaldi hamda 107 ta yirik obyektlarning kirish qismiga Istiqlol shodyonasiga atalgan kompozitsiyali bannerlar ilindi.

Mustaqilligimizning 35 yillik munosabati bilan, eng ulug‘, eng aziz bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha Eenergetika obyektlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

► Magistral elektr tarmoqlari energetika obyektlarida bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

| «FARG'ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI | «SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI | «ANDIJON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI | «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI | «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI | «NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI | «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI | «NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI |

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati