2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: O‘zbekistonda shamol energetikasi rivojlanmoqda
  • 29.08.2026
  • 5

 

Bugungi kunda O‘zbekistonda 7 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilgan bo‘lib, ularning umumiy quvvati 1 872 MVtni tashkil etadi.
 
Mazkur shamol elektr stansiyalari Navoiy va Buxoro viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent viloyatida barpo etildi. Bu loyihalar yurtimiz energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini yana-da kengaytirishga xizmat qilmoqda.
 
Xususan, 2023–2024 yillarda Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt, 2024–2025 yillarda Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 2 ta hamda 52 MVt quvvatli 1 ta (jami 1052 MVt), 2025 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 100 MVt, 2026 yilda esa Qorao‘zak tumanida 200 MVt hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi.
 
Ushbu shamol elektr stansiyalari ishga tushirilgandan buyon bugungi kunga qadar jami 8,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning natijasida 2,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi hamda atmosferaga 4,7 mln tonna zararli moddalar chiqarilishining oldi olindi.
 
“Yashil” energiya ulushining ortib borishi — O‘zbekiston energetika sohasidagi islohotlarning amaliy natijasidir. Bu yo‘nalish energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va zamonaviy energetika tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/20900

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati