
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi hayot tumanidagi qator hududlarda 10 kun elektr bo‘lmaydi” mazmunida tarqalgan xabarga aniqlik kiritamiz.
Ayni vaqtda “O‘zgarish” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar doirasida podstansiyadagi T-2 transformatori zamonaviy yangi transformatorga almashtiriladi.
Ta’mirlash ishlari davomida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yuklama T-1 transformatoriga o‘tkaziladi. Shu sababli, rejalashtirilgan ishlar tufayli iste’molchilarda “10 kun davomida elektr energiyasi bo‘lmaydi” degan ma’lumot noto‘g‘ri.
⚠️ Shu bilan birga, yuklama miqdori texnik jihatdan ruxsat etilgan chegaradan oshib ketgan taqdirda, tarmoqning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida qisqa muddatli cheklovlar joriy etilishi mumkin.
♦ Modernizatsiya ishlari yakunlangach, podstansiyaning ishonchliligi va elektr ta’minoti barqarorligi yanada oshiriladi.