

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida huquqiy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Bugun, 4-sentabr kuni filial xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan huquqiy oʻquv tashkil etildi.
Tadbirda Prezident Administratsiyasining vazifa va vakolatlari, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini taʼminlashdagi oʻrni, shuningdek, Administratsiya faoliyatining huquqiy asoslari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Mavzu Filialning yetakchi yuristkonsulti Nargiza Rizayeva tomonidan tushuntirilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
Qonunni bilish — huquq va majburiyatlarni anglash, masʼuliyat bilan faoliyat yuritishning muhim asosidir!
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI