

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi L-525 liniyasi tayanchlarining ostki qismi tozalanib, korroziyaga qarsh bo‘yoq tortildi. Shuningdek, L-525, L-PUZ va L-FS elektr uzatish havo tarmoqlaridagi tayanch raqamlari yangilandi. L-525 liniyasi esa ko‘rikdan o‘tkazildi.
Mazkur ishlar liniyalarning texnik holatini yaxshilash, ishonchli ishlashini ta’minlash va xavfsizlik talablariga rioya etish maqsadida amalga oshirildi.
«FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI