

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining tasarrufidagi podstansiyalarda elektr qurilmalarining texnik holatini barqaror saqlash, ishonchliligini oshirish hamda elektr energiyasini uzatish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida profilaktik va joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Jumladan, Oqoltin tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Tinchlik” podstansiyasining transformatorida profilaktik ishlar bajarildi. Shuningdek, Sirdaryo tumanidagi 35/10 kV kuchlanishli “NS-3” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!