

35/10 kV kuchlanishli “Do‘rman” podstansiyasida elektr ta’minoti barqarorligini yanada oshirish maqsadida quvvati 10 MVA bo‘lgan transformator 16 MVA quvvatli transformatorga almashtirildi.
♦ Amalga oshirilgan ishlar natijasida podstansiyaning yuklama ko‘tarish imkoniyati oshirilib, hudud iste’molchilarini ishonchli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati kengaydi.
♦ Shuningdek, qo‘shimcha 6 MVA quvvat zaxirasi yaratilib, bu hududdagi aholi va boshqa iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berishda qo‘shimcha imkoniyat va ishonchlilikni ta’minlaydi.
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI