

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida, “Farğona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10/6 kV kuçlanişli “Povulğon” podstansiyasida rekonstruksiya va modernizatsiya işlari izçil davom ettirilmoqda.
Loyiha doirasida podstansiyaga örnatilayotgan 125 MVA quvvatli AT-2 kuç transformatorini montaj qiliş işlari amalga oşirilmoqda.
Mazkur işlarning yakunlanişi podstansiyaning texnik imkoniyatlarini oşiriş, elektr energiyasini uzatiş işonçliligini ta’minlaş hamda iste’molçilarni barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlaşga xizmat qiladi.
«FARĞONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI