

Özbekiston Respublikasi Energetika vaziri Şerzod Xodjaev Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Kenji Yamada bilan uçraşuv ötkazdi.
Muzokaralar davomida Özbekiston va Yaponiya örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Energetika sohasi ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklikning muhim yönalişlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Tomonlar Yaponiyaning yetakçi energetika kompaniyalari iştirokida Özbekistonda elektr energiyasini işlab çiqariş, elektr uzatiş tarmoqlarini rivojlantiriş, şuningdek, mamlakat gaz transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş böyiça amalga oşirilayotgan yirik loyihalarning borişini körib çiqdilar.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatli loyihalarni ilgari suriş hamda energetika sohasidagi yaqin va uzoq muddatli hamkorlikni izçil davom ettirişga kelişib oldilar.
Energetika vazirligining rasmiy kanali
https://t.me/minenergy_uz/21041