

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2026-yil 30-sentabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov yosh muhandis xodimlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvini o‘tkazdi. 1-oktabr — Ustoz va murabbaylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda Aksiyadorlik jamiyatimizning faxriy ustozlari: Xoliq Boboyorovich Elmurodov hamda Shamsiddin Sirojiddinovich Kuliboyev ishtiroki etishdi.
Yosh muhandislar ustozlarning hayot yo‘li, mehnat faoliyati va kasb mashaqqatlari haqidagi qiziq vodea-hodisalarni eshitib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanish to‘g‘risidagi o’gitlaridan bahramand bo‘lishdi.
► “Rahbar va yoshlar" uchrashuvi so‘nggida «Mashaqqat va sharaf» filmi namoyish etildi.
► YouTube’da ko‘rish
Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati