

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan Namangan tumanida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Bahor” podstansiyasida navbatdagi texnik tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, podstansiyaning T-1 transformatori hamda 1-shinalar tizimida joriy ta’mirlash va sinov ishlari olib borildi.
Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud elektr qurilmalarining texnik holatini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna böling!