2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: 220 kV kuchlanishli “Tomdi” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 08.10.2026
  • 19

“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali podstansiyalar xizmati texnik muhandis hamda mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli “Tomdi” podstansiyasida reja asosida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borildi.

Jumladan V-1-T1 bog’lamli 220 kV kuchlanishli elegazli o’chirgichida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu ishlar elektr jihozlarining soz ishlashini ta’minlash, shuningdek, energiya ta’minoti sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi

Texnik ta’mir ishlari jarayonida mutaxassislar tomonidan belgilangan xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda bajarildi. Joriy ta’mirdan ko’zlangan asosiy maqsad iste’molchilarni barqaror elektr energiya bilan ta’minlash ko’zda tutilgan.

 

«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI