2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlari filiallar rahbarlarining malakasi oshirildi
  • 09.10.2026
  • 32

2026-yil 5–9-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ filiallari rahbarlari uchun maxsus malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kurs rahbarlarning bilim va malakasini oshirish, zamonaviy boshqaruv hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

O‘quv mashg‘ulotlarida “O‘zbekiston—2030” strategiyasini amalga oshirish, davlat boshqaruvi prinsiplari, xalqaro savdo va investitsiya integratsiyasi, zamonaviy menejment va liderlik hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish masalalari qamrab olindi.

Ishtirokchilar ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlab, filiallar faoliyatida boshqaruv samaradorligini oshirish yuzasidan tajriba almashdilar.

✍️ Inson resurslari bilan ishlash va rivojlantirish boshqarmasi

Facebook♦ Instagram ♦ Youtube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati