2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MUSTAHKAMLIK VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI XIZMATI: Xavfsizlik qoidalariga amal qilish — har birimizning mas’uliyatimiz!
  • 13.10.2026
  • 16

Hurmatli yurtdoshlar!

Mahallalarimizda bolalar va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi tavsiyalarga amal qilishingizni so‘raymiz:

▪️ Elektr qurilmalari joylashgan hududlarda o‘ynamang, tayanchlarga chiqmang va elektr simlariga tegmang.

▪️ Uzilgan yoki osilib qolgan elektr simlariga yaqinlashmang, ularga tegmang va boshqalarni ham yaqinlashtirmang.

▪️ Elektr qurilmalari atrofidagi ogohlantiruvchi belgilar va taqiqlarga qat’iy rioya qiling.

▪️ Bolalarga elektr tokining xavfli ekanini tushuntiring va ularni doimiy nazorat qiling.

▪️ Elektr tarmoqlarida nosozlik yoki xavfli holatni ko‘rsangiz, unga yaqinlashmasdan, tegishli elektr ta’minoti tashkilotiga xabar bering.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/9609

❗️ Unutmang! Elektr toki ko‘zga ko‘rinmaydi, ammo inson hayoti uchun o‘ta xavflidir.

⚡️ Farzandlarimiz xavfsizligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

Elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiling, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!

✍️ Aksiyadorlik jamiyati Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati