
Noyabr oyida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun bir martalik 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratish rejalashtirilmoqda. Mablag‘ 30-noyabrga qadar ijtimoiy karta yoki bank kartalariga o‘tkaziladi.
Yordam faqat Ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan cheklanmaydi. Jon boshiga daromadi MIXning 2 baravarigacha bo‘lgan, ammo reyestrga kiritilmagan ehtiyojmand oilalar ham qo‘shimcha ro‘yxat asosida qamrab olinishi mumkin. Elektr va tabiiy gaz kompensatsiyalari bo‘yicha daromad mezoni ham MIXning 1,5 baravaridan 2 baravarigacha kengaytiriladi.
Gazlashtirilmagan va tabiiy gaz yetib borishi qiyin hududlarda elektr energiyasining isitish mavsumidagi bazaviy meʼyorini 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshirish taklif etilmoqda.
Bu choralar bilan bir qatorda, aholi uchun isitish va issiq suv xizmatlariga yangi tariflar joriy etish, suyultirilgan gaz narxini 1 kg uchun 5 ming so‘m etib belgilash taklif etilmoqda. Ehtiyojmand oilalarga esa 2030-yil 1-yanvarga qadar oyiga 20 kg gacha har bir kilogramm uchun 3 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lanadi.
Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official
O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati