

“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 110 kV kuchlanishli «L-Marmarobod» elektr uzatish havo tarmog‘ida yangi liniyani ulash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar elektr tarmog‘ining ishonchliligini oshirish, energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda energetika tizimining samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
Energetika infratuzilmasini rivojlantirish va elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlash yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI