2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MUSTAHKAMLIK VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI XIZMATI: “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda!
  • 23.10.2026
  • 6

2026-yil 1–31-oktyabr kunlari o‘tkazilayotgan “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida 35–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalarida aniqlangan noqonuniy qurilish obyektlari hamda fermer xo‘jaliklari yer egalari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolar va fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmaslik, belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish hamda elektr tarmoqlari xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik so‘raladi.

⚠️ Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — inson hayoti, mol-mulk va elektr ta’minoti barqarorligini asrash garovidir!

✍️ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati 

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati