

“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Davlatobod tumani bo‘limi bilan hamkorlikda “Aholini zilzilaga tayyorlaş haftaligi” doirasida 220/110/10 kV kuçlanişli “Sardor” podstansiyasida filial xodimlari bilan öquv-seminari ötkazildi.
Unda zilzila vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş, vahimaga berilmaslik va favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş böyiça tavsiyalar berildi.
Şuningdek, zilzila sodir bölganda xodimlarning özini tutişi, xavfsiz joyga çiqiş tartibi hamda atrofdagilarga yordam körsatiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oşiriş va inson hayotini muhofaza qilişga xizmat qiladi.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna böling!