2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: 110/35/10 kV kuchlanishli “Yunusobod” podstansiyasida releli himoya tizimini tekshirish ishlari bajarildi
  • 30.10.2026
  • 45

Avval xabar berganimizdek, Yunusobod tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Yunusobod” podstansiyasida rele himoyasini tekshirish va joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

Ishlar doirasida T-2 kuch transformatori, 35 kV kuchlanishli 2-seksiya shinasi hamda 10 kV kuchlanishli 2-seksiya A va B shinalari qurilmalarida tegishli texnik ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, mavsum ichidagi muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarishga qaratilgan.

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI