2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 500 kV kuchlanishli L-527 elektr uzatish havo tarmog‘ining muhofaza zonasida profilaktik ishlar bajarilmoqda
  • 03.11.2026
  • 17

L-527 elektr uzatish havo tarmog‘ining 460–461-sonli tayanchlari oralig‘ida muhofaza zonasiga chiqindi tashlanishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Hududda chiqindi tashlashni cheklash maqsadida muhofaza zonasi bo‘ylab to‘siqlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar elektr tarmog‘i muhofaza zonasining tozaligini saqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining "muhofaza zonalari" masofasi — elektr uzatish liniyalarining kuchlanish miqdoriga mos tarzda belgilab berilgan va ular quyidagicha:

▪️ 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 15 metr;

▪️ 110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 20 metr;

▪️ 220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 25 metr;

▪️ 500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 30 metr.


 

«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI