

"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 220/110/10 kV kuchlanishli «Zafar» podstansiyasida 41-sonli topshiriqnomaga asosan AT-1 kuch transformatorida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur texnik tadbirlar elektr uskunalarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, elektr energiyasi uzatish tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bajarildi.
Ishonchli elektr ta’minoti — doimiy e’tiborimizda!
«TOŞKENT ŞAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI