

“Energo-IT” filiali kasaba uyushmasi tomonidan “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan filial xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari, yaʼni stol tennisi, shaxmat, shashka va bouling o‘yinlari o‘tkazildi. Musobaqalarda jami 45 kishi ishtirok etdi. G‘oliblar munosib sovg‘alar bilan taqdirlandi va barcha qatnashganlar uchun esdalik sovg‘alari ham taqdim etildi.
“Energo-IT” filiali kasaba uyushmasi
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati