2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
DIQQAT, EʼLON: L-503 elektr uzatish havo tarmog‘ida himoya tizimi ishlab, favqulodda o‘chdi
  • 19.11.2026
  • 11

Birlamchi maʼlumotga ko‘ra, soat 06:19 da 500 kV kuchlanishli L-503 elektr uzatish havo tarmog‘ida himoya tizimi ishlab, favqulodda o‘chgan. Shu vaqtda avariyaga qarshi avtomatika tizimi ham ishlagan.

Ayni paytda mamlakatimizning ayrim hududlaridagi isteʼmolchilar elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Tez orada energetika obyektining qurilmasiga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar taʼminoti tiklanadi. Mutaxassislar nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. 

Facebook◾️Instagram◾️YouTube 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati