2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Tayinlov
  • 20.11.2026
  • 29

Diyora Ikromjon qizi Abduvaxabova Özbekiston Respublikasi Energetika vazirining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi.

D.Abduvaxabova 2017–2022-yillarda Xitoy Xalq Respublikasidagi Pekin çet tillar universitetida (Beijing Foreign Studies University) xalqaro munosabatlar va diplomatiya hamda huquqşunoslik yönalişlarida tahsil olgan.

2023–2026-yillarda Toşkent issiqlik markazining Investitsiya loyihalarini işlab çiqiş va amalga oşiriş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Uşbu davrda energetika infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş hamda yangi işlab çiqariş quvvatlarini barpo etişga qaratilgan qator yirik loyihalarni işlab çiqiş va hayotga tatbiq etişda faol iştirok etgan.

Jumladan, Toşkent şahridagi birinçi yirik quvvatli kogeneratsiya elektr stansiyasini barpo etiş va işga tuşirişga qaratilgan investitsiya loyihasiga rahbarlik qilgan.

Yangi lavozimida vazirlikning axborot siyosatini yuritiş, ommaviy axborot vositalari va jamoatçilik bilan samarali aloqalarni yölga qöyiş hamda energetika sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida keng jamoatçilikni xabardor qilib boriş yönalişlarida faoliyat olib boradi.

Lavozimga tayinlaş Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti hamda Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi xulosasiga köra amalga oşirildi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/21809

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati