
Tojikiston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli “L-503” elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari tunu kun davom ettirilmoqda.
Energetiklar noqulay ob-havo sharoiti, kuchli shamol va tungi sovuqqa qaramay, elektr ta’minotini imkon qadar tezroq tiklash uchun tinimsiz mehnat qilmoqda.
Avariya-tiklash brigadalari tungi vaqtda ham ishlarni to‘xtatmasdan, elektr uzatish tarmog‘i faoliyatini tiklash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Tiklash ishlarining borishi yuzasidan qo‘shimcha axborot berib boriladi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/21808
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati