

Murojaat egasi: Z.M.Erkabayev. «SAM MIX FEED» mas’uliyati çeklangan jamiyati rahbari.
Elektron poçta: abdusalomovshuxrat0415@gmail.com
Murojaat mazmuni: Özbekiston Respublikasi, Toşkent viloyati, Oqqörğon tumani, Pirov köçasi, «Angren» GSS hududi, STIR 3122324686, Bank kodi 10910.
2026-yil 22-sentabr sanasi
“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari
V. Murodovga
“SAM MIX FEED” MÇJ elektr ta’minoti uçun 2026 yil 12 yanvarda “Delta Storage And Logistic” MÇJ tomonidan 1600 kV quvvatga 02/26-son bilan texnik şartlar berilgan.
Uşbu texnik şartlar 2026 yil 26 mayda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toşkent hududiy filiali tomonidan 1599 kV quvvatga 27415233687-sonli texnik şartlar bilan kelişilgan.
Sizdan 110/35/6 kV kuçlanişli «Ohangaron» podstantsiyasidan qöşimça quvvat olişga tegişli ruxsatnoma yoki qöşimça texnik şartlar berişingizni sörayman.
Ilovalar:
“ Delta Storage And Logistic” MÇJ tomonidan 2026 yil 12 yanvarda berilgan 02/26-sonli texnik şartlar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toşkent hududiy filiali tomonidan 2026 yil 26 mayda berilgan 27415233687-sonli texnik şartlar.
“SAM MIX FEED” MÇJ rahbari Z.M.Erkaboyev
Murojaatga javob: Hurmatli Z.M.Erkabayev. «SAM MIX FEED» mas’uliyati çeklangan jamiyati rahbari, Sizning murojaatingiz qayd etilib, ijro uçun tegişli boşqarmalarga yönaltirildi.
Sizning “SAM MIX FEED” MÇJ elektr ta’minoti uçun 10/35/6 kV «Ohangaron» podstantsiyasidan qöşimça quvvat olişga tegişli ruxsatnoma yoki qöşimça texnik şartlar beriş yuzasidan yöllagan murojaatingiz örganib çiqildi.
Siz tomondan murojaatda körsatib ötilgan ilovalar “Delta Storage And Logistic” MÇJ tomonidan 2026 yil 12 yanvarda berilgan 02/26-sonli texnik şartlar, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toşkent hududiy filiali tomonidan 2026-yil 26-mayda berilgan 27415233687-sonli texnik şartlar «Özbekiston MET» AJ rasmiy veb saytiga (unga biriktirilgan maxsus platformaga — https://portal.uzbekistonmet.uz/login.html) yuborilmagan.
Obyektni «Özbekiston MET» AJ tasarrufidagi podstantsiyalarning 6-10 kV tomoniga ulanişi nazarda tutilsa, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 iyundagi 338-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalaniş qoidalari”ning III bölimi talablariga muvofiq Foydalanuvçi tomonidan “Uzatiş tizimiga ulaniş” uçun talabnoma (ilova qilinadi) kiritilişi lozim. Şundan söng Uzatiş tizimi operatori tomonidan tegişli tartibda texnik şartlar taqdim qilinadi.
Şuningdek, obyektni «Özbekiston MET» AJ tasarrufidagi podstantsiyalarning 35 kV va undan yuqori tarafiga yoki 35-220 kVli elektr uzatiş tarmoqlariga ulaniş közda tutilsa? “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalaniş qoidalari”ning III bölimi “Ulaniş qoidalari” talablariga muvofiq, quvdati 1 MVtdan katta bölgan obyektni uzatiş tizimiga ulaş yuzasidan ixtisoslaşgan loyiha taşkilotini jalb qilgan holda “Tarmoqqa ulaniş tadqiqoti”ni ötkazib, obyektning “Taşqi elektr ta’minoti sxemasi” hisoboti işlab çiqilişi, «Özbekiston MET» AJ va «Markaziy dispetçerlik xizmati» davlat unitar korxonasiga kelişiş uçun taqdim etilişi hamda uşbu hisobot kelişilgandan söng foydalanuvçi tomonidan tanlangan eng maqbul ulaniş varianti böyiça texnik şartlar berilişi belgilangan.

Batafsil rasmiy xat tarkibida taqdim etilgan.
Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati