
Yagona aksiyadorning 2019-yil 27-avgustdagi 5-sonli qaroriga binoan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2019-yil 1-oktabrdan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya yig‘ilishining bayonnomasi bilan (2015-yil 31-dekabr, 9-sonli) tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish majburiyatini oldi.




«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58-moddasiga muvofiq, oddiy aksiyalari yagona aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi.





2019-yil yakuni bo‘yicha “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan 20 553 591,0 ming so‘m sof foyda olingan bo‘lib,