Xotin-qizlar
“Toshkent shahar MET” filialida xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
  • 24.08.2021
  • 543

✅ Ma'naviyati yuksak ayol — ulug‘dir!

  Joriy yilning 20-avgust kuni “Toshkent shahar MET” filiali tasarrufidagi Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi, filialda mehnat faoliyati yuritayotgan ayollarni jalb qilgan holda, “Oila — muqaddas”, “Farzand tarbiyasida ota-onaning roli”, “Kiyinish va muomala madaniyati” mavzularida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy targ‘ibot tadbirlarni uyushtirish bo‘lim boshlig‘i F.Xudoyqulova hamda Toshkent shahar hokimiyati bo‘lim boshlig‘i N.Abdullaevalar ishtirok etishdi.

  Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — xotin-qizlarni tashvishga solayotgan o‘y-muammolarning tub ildizini o‘rganish, muammolarni bartaraf etish va ularning turmush darajasini yuksaltirishga doir ishlar ko‘lamini kengaytirish, xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iborat.

✔️ Tadbir ishtirokchilari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Batafsil manba: ⇒ https://t.me/toshkentshaharMET

«O‘zbekiston MET» AJ

Axborot xizmati

>