E’lonlar
Optik tolali aloqa liniyalari orqali transport telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratish
  • 19.10.2021
  • 82

  "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ " Energo-IT" filiali tomonidan aloqa operatorlari va Internet -provayderlariga yo‘naltirilgan IP -transport ijarasi xizmatini (VLAN 10 Mbit / s dan 10 Gbit / s gacha) taqdim etish maqsadida  Samarqand — Buxoro o‘rtasida 10 Gbit/s tezlikda optik tolali aloqa liniyalari orqali transport telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda yuqoridagi IP -transportga qiziqqan potensial sheriklarning qisqa ro‘yxatini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

"Energo-IT" filiali

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>