E’lonlar
“O‘zbekiston MET” AJ: 2021-yil 16-noyabrdan 16-dekabrgacha yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi o‘tkaziladi
  • 02.11.2021
  • 392

✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2021-yil 1-noyabr sanasida “Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 326-sonli buyrug‘i imzolandi.

  Buyruqda “O‘zbekiston MET” AJ quyi tizimi bo‘linma va filiallari ob'ektlarida “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” qo‘llanmasi talablariga rioya etilishi, elektr uskunalarini qishki mavsumda yong‘inga xavfsiz ishlashga tayyorlash, yong‘in-texnik komissiyalari, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari faoliyatini faollashtirish, Davlat yong‘in nazorati organlari ko‘rsatmalarini bajarish, yong‘inlarning oldini olish ishlariga xodimlarni kengroq jalb qilish, shuningdek, Jamiyatning 2021-yil 29-yanvardagi 33-sonli buyrug‘i 11-1-ilovasi, 4-bandid belgilangan vazifalarni bajarish nazarda tutilgan.

❗️ Shuningdek, mazkur buyruq bilan ko‘rik oyligi tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish natijalarini umumlashtirish uchun “O‘zbekiston MET” AJning Markaziy komissiyasi tarkibi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Komissiya raisi "O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov, a'zolari: Z.I.Ataev, A.B.Sultonov, Sh.S.Kulibaev, M.K.Boboev, Sh.E.Ziyoev, N.Sh.Azimov hamda S.R.Xaydarovlardan iborat.

⇒ Ko‘rik davomida tashkil etilgan seminarlar, O‘zbekiston Respublikasi FVV yong‘in xavfsizligi xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar  Aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati orqali yoritib boriladi. Shuningdek, seminarlar, o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning foto hamda video materiallari disk va fotoalbomlar shaklida Komissiyaga taqdim etiladi.

⇒ Bundan tashqari, ko‘rik yakuni bo‘yicha Markaziy komissiya qaroriga muvofiq sovrinli o‘rinlarni egallagan filial va bo‘linmalarga rag‘batlantiruvchi mukofotlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan: 1-o‘rin — 25 000 000 so‘m; 2-o‘rin — 18 000 000 so‘m; 3-o‘rin — 17 000 000 so‘m.

❇️ E'tiboringizga o‘tgan yili, ya'ni 2020-yil 16-noyabrdan 16-dekabrgacha o‘tkazilgan yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligida tadbir ishtirokchilari tomonidan olingan havaskorlik videotasvirlarini havola etamiz.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>